Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Yaponiyada o‘tkazilayotgan 2026 yilgi Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini ishonchli boshladi. Jamoa birinchi tur uchrashuvida Filippin terma jamoasini 5:1 hisobida yirik hisobda mag‘lub etdi.
Uchrashuv 15 sentyabr kuni Nagoya shahridagi CS Asset Minato Soccer Stadium stadionida bo‘lib o‘tdi. 30-daqiqada Muxammadali O‘rinboyev hisobni ochdi.
Ikkinchi bo‘limda Saidumarxon Saidnurillayev dubl qayd etib, 60 va 71-daqiqalarda gol urdi. Yana ikki daqiqa o‘tib, Ro‘ziboy Fayzullayev O‘zbekistonning ustunligini 4:1 ga yetkazdi. 80-daqiqada Muxammadali Reimov uchrashuvdagi yakuniy hisobni o‘rnatdi. Filippin terma jamoasining yagona golini 62-daqiqada Merino kiritdi.
O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini 18 sentyabr kuni Quvaytga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv soat 19:00 da boshlanadi va Nagoya shahridagi CS Asset Minato Soccer Stadium stadionida bo‘lib o‘tadi.
22 sentyabr kuni O‘zbekiston jamoasi Vyetnamga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv soat 14:00 da boshlanadi va Nagoyadagi Paloma Mizuho Rugby Stadium stadionida o‘tkaziladi.