Sport

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo o‘yinlarida Filippin bilan durang o‘ynadi

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo o‘yinlarida Filippin bilan durang o‘ynadi
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo o‘yinlarida Filippin bilan durang o‘ynadi / Foto: UFA.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 2026 yilgi Osiyo o‘yinlarining futbol turniri birinchi turida Filippin terma jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Uchrashuv 14 sentyabr kuni Gifu shahridagi Gifu Nagaragawa Stadium stadionida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston 81-daqiqada hisobni ochdi. Golni Mehribon Egamberdiyeva urdi.

Filippin terma jamoasi 89-daqiqada Natali Kollinzning goli evaziga hisobni tenglashtirdi.

O‘zbekiston terma jamoasi keyingi o‘yinini 17 sentyabr kuni Xitoyga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv ham Gifu Nagaragawa Stadium stadionida bo‘lib o‘tadi va soat 14:00 da boshlanadi.

Guruh bosqichidagi yakuniy uchrashuvda O‘zbekiston 21 sentyabr kuni Gonkongga qarshi maydonga tushadi. Bahs Kariya shahridagi Wave Stadium Kariya stadionida o‘tkaziladi va soat 16:00 da boshlanadi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.