Timofeyeva Zidanshekni mag‘lub etib, US Open 2-bosqichiga chiqdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston vakili Mariya Timofeyeva US Open turnirining ikkinchi bosqichiga yo‘l oldi. U birinchi uchrashuvida sloveniyalik tennischi Tamara Zidanshekni 6:3, 7:5 hisobida mag‘lub etdi.
Zidanshek WTA reytingida 146-o‘rinni egallab turibdi. U 2022 yilda jahon reytingida 22-o‘ringa ko‘tarilgan, 2021 yilda esa «Rolan Garros» turnirida yarim finalga qadar yetib borgan.
Timofeyevaning o‘zi hozirda WTA reytingida 86-pog‘onada joylashgan.