7
Sport

O‘zbekiston Eron bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

O‘zbekiston Eron bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
O‘zbekiston Eron bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi / Foto: UFF.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston futbol terma jamoasi 24 sentyabr kuni bo‘lajak FIFA xalqaro oynasi doirasida Eron terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.

Uchrashuv Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi mazkur o‘yinda bosh murabbiy Fabio Kannavaro rahbarligida maydonga tushadi.

Eronga qarshi bahs O‘zbekiston terma jamoasining bo‘lajak FIFA kunlari doirasidagi nazorat uchrashuvi bo‘ladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.