Sport

O‘zbekistonlik sablyachilar Jahon kubogi bosqichida oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sablyachilar Jahon kubogi bosqichida oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonlik sablyachilar Jahon kubogi bosqichida oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritdi / Foto: O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkentda o‘tkazilayotgan 17 yoshgacha bo‘lgan kadetlar va 20 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha Jahon kubogi bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi shaxsiy bahslarda ikkita medalni qo‘lga kiritdi.

O‘smirlar o‘rtasidagi musobaqada Alpamis Oraqboyev oltin medalni qo‘lga kiritdi. Kadetlar bahsida esa Muhammadali Tursinboyev finalgacha yetib borib, kumush medal sohibi bo‘ldi.

Shaxsiy bahslar yakunlanganidan so‘ng ishtirokchilar jamoaviy musobaqalarda ham medallar uchun kurashni davom ettiradilar.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.