Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madraximov 2026 yil 8 oktyabr kuni Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stiprays bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi holati va uni yana-da rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Bo‘lajak qo‘shma tadbirlarga, jumladan, oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlarni tashkil etish hamda ularning mazmun-mohiyatini belgilashga alohida eʼtibor qaratildi.
Muzokaralar davomida ishtirokchilar o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish va mavjud hamkorlik mexanizmlaridan yana-da samarali foydalanish muhimligini taʼkidladilar.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarni yana-da mustahkamlash maqsadida muntazam muloqotni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.