Sport

O‘zbekiston terma jamoasi dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston terma jamoasi dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston terma jamoasi dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi / Foto: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida jamoaviy aralash yo‘nalishda bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Medallar uchun kurash yo‘lida o‘zbekistonlik dzyudochilar Germaniya va Gruziya terma jamoalari ustidan g‘alaba qozondi. Biroq yarim finalda Rossiya terma jamoasiga 3:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Uchinchi o‘rin uchun bahsda O‘zbekiston terma jamoasi Mo‘g‘uliston jamoasi bilan uchrashib, 4:2 hisobida g‘alaba qozondi va bronza medallarini taʼminladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.