Sport

Akbar Jo‘rayev Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Akbar Jo‘rayev Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi
Akbar Jo‘rayev Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston vakili Akbar Jo‘rayev og‘ir atletika bo‘yicha musobaqalarda Osiyo o‘yinlarining oltin medalini qo‘lga kiritdi. Sportchi ikki mashq yakuni bo‘yicha 423 kg natija qayd etdi.

Jo‘rayev dast ko‘tarishda 197 kg, siltab ko‘tarishda esa 226 kg tosh ko‘tardi. Ikki mashq natijasi bo‘yicha uning ko‘rsatkichi 423 kgni tashkil etib, chempionlik unvonini qo‘lga kiritishini taʼminladi.

Bundan tashqari, Akbar Jo‘rayev dast ko‘tarish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi, shuningdek, dast ko‘tarish va siltab ko‘tarish bo‘yicha Osiyo o‘yinlarining yangi rekordlarini o‘rnatdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.