Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Yoğingarçilikning yöqligi, şamolning sustligi, şuningdek, Qozoğiston hududidan transçegaraviy çang massalarining kirib kelişi Toşkent şahrida atmosfera havosi sifatiga ta’sir körsatmoqda. Bu haqda Özgidromet xabar berdi.
Sönggi beş kun davomida poytaxtda yoğingarçilik kuzatilmagan. Şamol tezligining nisbatan pastligi va havo almaşinuvining yetarli emasligi şahar atmosferasidagi ifloslantiruvçi moddalarning tarqalişini qiyinlaştirmoqda.
Ayni vaqtda havo oqimlari Qozoğiston hududidan Toşkent viloyati va Toşkent şahriga çang massalarini olib kirmoqda.
Özgidrometning atmosfera havosi sifatini kuzatuvçi avtomatik stansiyalari ma’lumotlari ham uşbu holatni aks ettirmoqda. Bevosita poytaxt hududida joylaşgan stansiyalarda ifloslantiruvçi moddalar konsentratsiyasining sezilarli darajada oşişi qayd etilmagan.
Şu bilan birga, çegara hududlaridagi stansiyalar 2026 yil 17–21 noyabr kunlari PM2.5 va PM10 çang zarraçalari konsentratsiyasi yuqori bölganini qayd etgan.
Eng yuqori körsatkiçlar “Sofiya” va «Green University» çegaraviy monitoring stansiyalarida kuzatilgan. Özgidromet ma’lumotlariga köra, bu natijalar çang massalarining taşqi hududlardan kirib kelayotganini körsatadi.
Idora havo sifatiga ta’sir körsatuvçi mahalliy omillar qatoriga avtotransport vositalari, quriliş maydonlari va sanoat korxonalaridan çiqadigan taşlamalarni ham kiritdi.