Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Qoraqalpoğiston Respublikasining Nukus tumanida alkogol mahsulotlari işlab çiqaruvçi yaşirin sex aniqlandi.
Tekşiruv davomida qalbaki aksiz markalari, spirt hamda iste’molga yaroqsiz tayyor mahsulotlar olib qöyildi. Bu haqda Özbekiston Boş prokuraturasi huzuridagi Departament matbuot xizmati xabar berdi.
Idora ma’lumotlariga köra, fuqaro O. A. “Anxorli” mahallasi hududidagi xonadonlardan birida noqonuniy işlab çiqarişni taşkil etgan. U alkogol mahsulotlarini hunarmandçilik usulida tayyorlagan.
Tezkor tadbir davomida huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan 44 573 ta ştrixkod, 12 346 ta qalbaki aksiz markasi, 5 062 ta qopqoq, iste’molga yaroqsiz 1 022 dona alkogol mahsuloti, şuningdek, 237 litr spirt va işlab çiqarişda foydalanilgan boşqa materiallar olib qöyildi.
Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Jinoyat kodeksining 176 va 186¹-moddalari bilan jinoyat işi qözğatildi.
Uşbu Kodeksning 176-moddasi qalbaki pullar, aksiz markalari yoki qimmatli qoğozlarni yasaş va ötkaziş uçun javobgarlikni nazarda tutadi. 186¹-moddasi esa etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari, şuningdek, tamaki va nikotin iste’mol qiliş qurilmalarining noqonuniy muomalasi yoki işlab çiqarilişi uçun javobgarlikni belgilaydi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.