7
Özbekiston

JSTga a’zo böliş böyiça işçi guruh rahbari Toşkentga taşrif buyurdi

JSTga a’zo böliş böyiça işçi guruh rahbari Toşkentga taşrif buyurdi
JSTga a’zo böliş böyiça işçi guruh rahbari Toşkentga taşrif buyurdi / Foto: UzDaily.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 1–3 noyabr kunlari Jahon savdo taşkiloti (JST) delegatsiyasi Özbekistonning taşkilotga a’zo bölişi böyiça işçi guruh raisi, Koreya Respublikasining Özbekistondagi elçisi Sung Yo Çoy (Sung-yo Çoi) boşçiligida Toşkentda böldi. Bu haqda Jahon savdo taşkiloti xabar berdi.

Işçi guruh raisi 2020 yil iyul oyida Özbekiston JSTga a’zo böliş jarayonini rasman qayta boşlaganidan buyon mamlakatga ilk bor taşrif buyurdi. JST bahosiga köra, muzokaralar hal qiluvçi bosqiçga kirgan. Taşrif Özbekistonning taşkilotga a’zo bölişga tayyorgarlik körişiga kömaklaşişga qaratilgan.

Sönggi yillarda muzokaralarda, jumladan, 27–28 iyul kunlari ötkazilgan işçi guruhning 13-yiğilişida sezilarli olğa siljişga erişildi.

Sung Yo Çoy Boş vazir örinbosari Jamşid Xöjayev va Özbekistonning JSTga a’zo bölişi böyiça boş muzokaraçi, şuningdek, Özbekiston prezidentining maxsus vakili Azizbek Urunov bilan uçraşdi.

Muzokaralarda Idoralararo muzokaralar guruhi a’zolari ham iştirok etdi. Tomonlar amalga oşirilgan işlar sarhisobini qildi va jarayonning qolgan bosqiçlaridagi ustuvor vazifalarni muhokama qildi.

Asosiy mavzular bozorlarga kiriş böyiça ikki tomonlama muzokaralar hamda işçi guruh hisoboti loyihasidagi majburiyatlarga oid bandlar loyihalari böldi.

JSTning manfaatdor a’zolarining aksariyati bilan bozorlarga kiriş böyiça ikki tomonlama muzokaralar yakunlangan. Endi qolgan kelişuvlarni yakuniga yetkaziş hamda Özbekistonning tovarlar va xizmatlar böyiça majburiyatlari röyxati loyihalarini texnik tekşiruvga tayyorlaş zarur.

Köp tomonlama muzokaralar doirasida esa Özbekiston kelişilmagan majburiyatlar böyiça pozitsiyalarni yaqinlaştiriş maqsadida JST a’zolari bilan maslahatlaşuvlarni davom ettirişi va işçi guruhning navbatdagi yiğilişiga tayyorgarlik körişi lozim. Uşbu yiğilişning qaçon ötkazilişi a’zolik jarayonidagi keyingi siljişlarga boğliq böladi.

Elçi adliya vazirining birinçi örinbosari Mahmud Istamov bilan uçraşuvda qolgan qonunçilik hujjatlari ustidagi işlar qanday borayotganini muhokama qildi. Iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari Ahadbek Haydarov bilan esa qişloq xöjaligini qöllab-quvvatlaş böyiça muzokaralarning keyingi bosqiçlari haqida sözlaşdi. Uçraşuvlar iştirokçilari a’zolik hujjatlari töplamini yakunlaş uçun qonunçilik islohotlarini ilgari suriş va agrar sektorni qöllab-quvvatlaş masalasida kelişuvga erişiş zarurligi haqida yakdil fikr bildirdi.

3 noyabr kuni ötkazilgan matbuot anjumanida işçi guruh raisi Özbekiston sezilarli taraqqiyotga erişgani va JST a’zolarining keng qöllab-quvvatloviga ega ekanini ta’kidladi. Şu bilan birga, uning qayd etişiça, oldinda hali köplab muhim vazifalar turibdi.

«Hozirgi asosiy vazifa — mavjud umumiy qöllab-quvvatlovni qolgan masalalar böyiça aniq kelişuvlarga aylantiriş», — dedi Sung Yo Çoy.

U, şuningdek, turli yönalişlarda erişilgan natijalarni JST a’zolarini qanoatlantiradigan yagona hujjatlar töplamiga birlaştiriş muhimligini ta’kidladi.

JST kafedralari dasturiga kiruvçi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida elçi universitet rektori, Oliy Majlis Senati raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev bilan uçraşdi. U parlament Özbekistonning JSTga a’zo bölişini qat’iy qöllab-quvvatlaşini ta’kidladi va zarur qonunlar ustidagi işlarni jadallaştirişga va’da berdi.

Universitetdagi uçraşuvdan söng talabalar iştirokida davra suhbati ötkazildi. Unda Özbekistonning JSTga a’zo bölişi savdo va iqtisodiyot uçun qanday imkoniyatlar yaratişi muhokama qilindi. Şuningdek, akademik hamjamiyat a’zolikka tayyorgarlik köriş jarayoniga qanday hissa qöşişi mumkinligi haqida fikr almaşildi.

Bundan taşqari, işçi guruh raisi Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki va Xalqaro valyuta jamğarmasi vakillari bilan Özbekistondagi iqtisodiy islohotlar hamda mamlakatning JSTga a’zo bölişini qöllab-quvvatlaş masalalarini muhokama qildi.

Özbekiston JSTga a’zo böliş uçun arizani 1994 yil dekabr oyida topşirgan.

Muzokaralar 15 yillik tanaffusdan söng, 2020 yil iyul oyida qayta boşlangan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.