Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Wildberries & Russ birlaşgan kompaniyasi tarkibiga kiruvçi WB Taxi taksi buyurtma qiliş servisi Farğona şahrida iş boşladi. Foydalanuvçilar Google Play va App Store orqali yuklab oliş mumkin bölgan mobil ilova yordamida şahar böylab safarlarga buyurtma berişlari mumkin. Bu haqda kompaniya xabar berdi.
Farğonada yölovçilar uçun uçta tarif — “Standart”, “Komfort” va “Multi” taklif etilmoqda. Oxirgi tarif avtomobilni tezroq topiş va yetkazib beriş uçun bir vaqtning özida bir neçta toifadagi transport vositalarini qidiriş imkonini beradi.
Servisda imtiyozlar dasturi ham amal qiladi. Ilova orqali bank kartasi bilan safar haqini tölagan foydalanuvçilarga bonus ballari hisoblanadi. Uşbu ballardan keyingi safarlar uçun tölov qilişda foydalaniş mumkin.
WB Taxi‘ning Özbekistondagi rahbari Timur Aliyevning sözlariga köra, servis haydovçilarga hamkorlikning şaffof şartlari, hamkorlar uçun agregator komissiyasining pasaytirilgan miqdori va muntazam tölovlarni taklif etadi. Şuningdek, platforma bilan işlaş şartlariga rioya qilingan taqdirda qöşimça daromad oliş imkoniyati ham nazarda tutilgan.
Farğonada iş boşlaşidan oldin WB Taxi Toşkent, Samarqand, Buxoro, Namangan va Andijon şaharlarida faoliyat yuritgan.
Özbekistondan taşqarida servis Belarus, Qirğiziston va Armanistonda ham taqdim etilgan. Kompaniya öz faoliyati yölga qöyilgan şaharlar qatorida Minsk, Brest, Grodno, Bişkek, Öş, Manas va Yerevanni keltirgan.