Özbekiston

Sirdaryo viloyatida qizaloq tez yordam maşinasida tuğildi

Sirdaryo viloyatida qizaloq tez yordam maşinasida tuğildi
Sirdaryo viloyatida qizaloq tez yordam maşinasida tuğildi / Foto: UzDaily.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida qizaloq tez tibbiy yordam avtomobilida dunyoga keldi. Homilador ayolni şifoxonaga olib ketayotgan navbatçi şifokor va feldşer tuğruqni qabul qildi. Bu haqda Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hodisa 1 noyabr kuni taxminan soat 03:30 da sodir bölgan. Tibbiyot muassasasiga ketayotgan vaqtda ayolning tölğoqlari kuçaygan va tibbiyot xodimlari tuğruqni bevosita tez yordam maşinasida qabul qilişga majbur bölgan.

Navbatçi şifokor Xonsuluv Masrurova va feldşer Salima Mavlonova bemorning ahvolini tezkorlik bilan baholab, unga zarur tibbiy yordam körsatgan. Natijada soğlom qizaloq dunyoga kelgan.

Ayni vaqtda ona va bolaning ahvoli yaxşi. Ular şifokorlar nazoratida bölib turibdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.