Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Namangan viloyati Italiyaning Gamma Meccanica kompaniyasi bilan 105 mln dollarlik investitsiya kelişuvini imzoladi.
Hujjat viloyat hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov boşçiligidagi delegatsiyaning Italiyaga amaliy taşrifi davomida korxona rahbariyati bilan ötkazilgan muzokaralar yakunlari böyiça tuzildi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Taşrif doirasida delegatsiya sanoat uskunalari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan Gamma Meccanica kompaniyasining işlab çiqariş quvvatlari va texnologiyalari bilan tanişdi.
Kompaniya 1977 yilda taşkil etilgan. Uning boş qarorgohi va asosiy işlab çiqariş korxonasi Emiliya-Romanya mintaqasidagi Bibbiano şahrida joylaşgan. Gamma Meccanica binolarni issiqlikdan izolyatsiya qilişda qöllaniladigan mineral paxta va XPS panellarini işlab çiqariş uçun texnologik liniyalar, şuningdek, plastik çiqindilarni qayta işlaş uskunalarini işlab çiqaradi.
Kompaniya prezidenti Andrea Burini bilan uçraşuvda tomonlar Namangan viloyatida sanoat işlab çiqarişini rivojlantiriş, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etiş va plastik çiqindilarni qayta işlaş sohasida qöşma loyihalarni amalga oşiriş istiqbollarini muhokama qildi.
Investitsiyaviy hamkorlik va kompaniya texnologiyalarini viloyat sanoat sektorida qöllaş imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralar yakunlari böyiça tomonlar 105 mln dollarlik investitsiya kelişuvini imzoladi. Xabarda loyihani amalga oşiriş muddatlari, uning işlab çiqariş körsatkiçlari va investitsiyalarni taqsimlaş tafsilotlari keltirilmagan.