Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Farğona viloyatining Qöqon şahrida joylaşgan «Mandalaki uyi» me’moriy yodgorligini restavratsiya qiliş işlarini 2027 yilda boşlaş rejalaştirilmoqda. Işlar respublika byudjeti mablağlari hisobidan moliyalaştiriladi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.
Bino 1903 yilda qurilgan bölib, Özbekistonning tarixiy-me’moriy merosini aks ettiruvçi obyektlardan biri hisoblanadi.
«Mandalaki uyi» Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabrdagi 846-son qarori bilan moddiy madaniy merosning köçmas mulk obyektlari Milliy röyxatiga kiritilgan.
Obyekt davlat mulki hisoblanadi va Farğona viloyati Madaniy meros boşqarmasiga operativ boşqaruv huquqi asosida biriktirilgan.
Madaniy meros agentligi ma’lumotiga köra, restavratsiya işlari binoning tarixiy me’moriy qiyofasini saqlab qoliş, konstruktiv mustahkamligini ta’minlaş hamda uning tarixiy qadriyatini kelajak avlodlarga yetkazişga qaratilgan.
Idora şuningdek, fuqarolarni internetda tarqatilayotgan asossiz xabarlarga işonmaslikka çaqirdi.