Shoshilinch
Madaniyat

Özbekistonda XI Yevropa kinosi festivali boşlandi

Özbekistonda XI Yevropa kinosi festivali boşlandi
Özbekistonda XI Yevropa kinosi festivali boşlandi / Foto: UzDaily.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkentdagi Milliy kino san’ati saroyida XI Yevropa kinosi festivalining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. Bu yil festival Toşkent va Urganç şaharlarida ötkaziladi.

Har yili taşkil etiladigan mazkur tadbirni Özbekistondagi Yevropa Ittifoqi (YEI) delegatsiyasi hamda Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi YEIga a’zo davlatlar elçixonalari, madaniyat muassasalari va Yevropaning boşqa mamlakatlari kömagida taşkil etmoqda.

An’anaga köra, festival matbuot anjumani bilan boşlandi. Unda Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi elçisi Toyvo Klaar va Özbekiston Kinematografçilar ijodiy uyuşmasi raisi Matyakub Matçanov iştirok etdi.

Festival dasturi

Dasturdan Kipr, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Italiya, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Ruminiya va Sloveniya rejissyorlari tomonidan suratga olingan 11 ta film örin olgan. Ular orasida hujjatli filmlar, psixologik dramalar, animatsion asarlar, biografik kartinalar va romantik hikoyalar bor.

23–25 oktyabr kunlari namoyişlar Toşkentdagi Milliy kino san’ati saroyida, ya’ni sobiq “Panorama” kinoteatrida bölib ötadi. 27 oktyabr kuni esa Urgançdagi Xudoybergan Devonov nomidagi kinoteatrda filmlar namoyiş etiladi.

Bundan taşqari, festival kunlarida Özbekistondagi Britaniya kengaşi Özbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari uçun, şuningdek, MOK HUB madaniy makonida qisqa metrajli filmlar turkumini taqdim etadi.

2013 yildan beri Yevropa kinosi festivali mamlakatdagi eng köp kutiladigan madaniy tadbirlardan biriga aylandi. Şu davr mobaynida Özbekistonning töqqizta hududida YEIga a’zo deyarli barça davlatlar va Yevropaning boşqa mamlakatlaridan 120 dan ortiq film namoyiş etildi. Körsatuvlar Navoiy, Nukus, Şahrisabz, Farğona, Jizzax, Buxoro va boşqa şaharlarda ham taşkil qilindi.

Taşkilotçilar fikri

«Yevropa kinosi festivali — madaniyatlarimiz xilma-xilligi va umuminsoniy qadriyatlarni aks ettiruvçi hikoyalar orqali Yevropa bilan yaqindan tanişiş imkoniyatidir. Bu yil kino bayramini Urganç bilan ham birga nişonlamoqdamiz. Festival geografiyasining Toşkentdan taşqariga kengayişi Özbekiston hududlari bilan madaniy almaşinuv uçun imkoniyat yaratadigan ezgu an’anaga aylandi.

Özbekiston Kinematografiya agentligiga, YEI mamlakatlari elçixonalariga va iştirok etayotgan madaniy taşkilotlarga köp yillik hamkorlik uçun minnatdorlik bildirmoqçiman. Ularning hissasi tufayli festival kinoning universal tili orqali xalqlar örtasida jonli muloqotni rivojlantiradigan yorqin madaniy voqeaga aylandi», — dedi YEI elçisi Toyvo Klaar.

«Yevropa kinosi festivali madaniyatlararo muloqot va ijodiy tajriba almaşiş uçun muhim maydondir. U özbek tomoşabinlariga Yevropa kinosiga xos badiiy yondaşuvlar, şuningdek, turli xalqlarning hayoti, qadriyatlari va ma’naviy merosi bilan yaqindan tanişiş imkonini beradi.

Bugun Özbekiston Yevropa mamlakatlari bilan kinematografiya sohasidagi hamkorlikni izçil rivojlantirmoqda. Qöşma filmlar yaratiş, kasbiy tajriba almaşiş va milliy kinolarni xalqaro maydonda ilgari suriş uşbu hamkorlikning muhim yönalişlaridir.

Işonçim komilki, bunday taşabbuslar özbek kinematografçilarining kasbiy salohiyatini oşirişga, milliy kinoning xalqaro nufuzini mustahkamlaşga va xalqlarimiz örtasidagi madaniy aloqalarni kengaytirişga xizmat qiladi. Barçani Toşkent va Urgançdagi XI Yevropa kinosi festivalida iştirok etişga taklif qilaman!» — dedi Matyakub Matçanov.

Festivalning oçiliş filmi

Festival dasturi 2024 yilda suratga olingan, Fransiya va Lyuksemburg hamkorligida işlab çiqarilgan «Boğdagi qayiq» (asl nomi — Slocum et moi) animatsion filmi bilan oçildi. Film rejissyori — Jan-Fransua Lagioni.

Kartina Cartoons on the Bay festivalining eng yaxşi filmi deb topilgan, Pulcinella Awards mukofotini qölga kiritgan. Şuningdek, u Annesi xalqaro animatsion filmlar festivalida eng yaxşi animatsion film nominatsiyasiga va Fransiyaning “Lyumyer” milliy kino mukofotiga nomzod bölgan.

Voqealar 1950-yillarning boşlaridagi dengiz böyida joylaşgan şaharlardan birida keçadi. Yoş Fransua ota-onasi bilan birga oila boğida yelkanli qayiq yasaydi. Qahramonni ilhomlantirgan uşbu jasoratli loyiha uni katta orzular va ğoyalar sari yetaklaydi hamda bolalikdan ösmirlikka ötişini ramziy tarzda ifodalaydi.

Ötgan yillar davomida Yevropa kinosi festivali turli madaniy taşabbuslar uçun maydonga aylandi. Ularning asosiy maqsadi — kino san’ati orqali mamlakatlar va insonlarni birlaştirişdir.

Taşkilotçilar festivalni «Yevropa jamoasi» (Team Europe) taşabbusi ruhida ötkazişni qöllab-quvvatlagani uçun Kipr, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Italiya, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Ruminiya va Sloveniya elçixonalariga, şuningdek, Fransiya instituti va Gyote institutiga minnatdorlik bildirdi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.