Iqtisod

Özbekiston elektropoyezdlar parkini 30 taga yetkazmoqçi

Özbekiston elektropoyezdlar parkini 30 taga yetkazmoqçi
Özbekiston elektropoyezdlar parkini 30 taga yetkazmoqçi / Foto: Özbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston 2030 yilga qadar yölovçi taşiş transporti parkini, jumladan, elektropoyezdlar, temir yöl vagonlari, avtobuslar va elektrobuslar sonini köpaytirişni rejalaştirmoqda.

2030 yilgaça mahalliy yölovçi taşişni rivojlantiriş strategiyasi loyihasiga köra, içki yönalişlardagi elektropoyezdlar sonini 30 taga, yölovçi vagonlarini 650 taga, avtobuslarni 5 000 taga va elektrobuslarni 2 000 taga yetkaziş belgilangan.

Temir yöl transporti

Hujjat ma’lumotlariga köra, hozirda mahalliy yönalişlarda yettita elektropoyezd harakatlanmoqda. 2026 yilda ular sonini 16 taga, 2027 yilda 17 taga, 2028 yilda 22 taga, 2029 yilda 27 taga va 2030 yilga kelib 30 taga yetkaziş rejalaştirilgan. Xaridlarni xalqaro moliya institutlarining kreditlari va boşqa mablağlari hisobidan moliyalaştiriş taklif qilinmoqda.

Yölovçi vagonlari parkini 2025 yildagi 537 tadan 2026 yilda 560 taga, 2027 yilda 580 taga, 2028 yilda 605 taga va 2029 yilda 620 taga yetkaziş rejalaştirilgan. 2030 yilga kelib bu körsatkiç 650 ta vagonni taşkil etişi kerak. Vagonlar parkini yangilaş uçun Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi mablağlaridan 143 million dollar ajratiş közda tutilgan.

2026 yilning birinçi yarmida Hyundai Rotem kompaniyasi işlab çiqargan oltita tezyurar elektropoyezddan uçtasi «Toşkent — Urganç — Xiva» yönalişida qatnay boşladi. Bundan taşqari, Çexiyaning Škoda Transportation kompaniyasi bilan şahar atrofidagi qatnovlar uçun 10 ta elektropoyezd yetkazib beriş böyiça şartnoma tuzilgan.

Avtobuslar va elektrobuslar

Loyihaga muvofiq, jamoat transporti parkidagi avtobuslar sonini hozirgi 2 005 tadan 2030 yilga qadar 5 000 taga, elektrobuslar sonini esa 646 tadan 2 000 taga yetkaziş rejalaştirilmoqda.

Oraliq maqsadli körsatkiçlarga köra, 2026 yilda 2 453 ta avtobus va 746 ta elektrobus, 2027 yilda 3 053 ta avtobus va 1 046 ta elektrobus, 2028 yilda 3 653 ta avtobus va 1 346 ta elektrobus bölişi kerak. 2029 yil uçun esa 4 300 ta avtobus va 1 646 ta elektrobus mavjudligi maqsad qilib belgilangan.

Transport vositalarini xarid qilişni taşabbuskor tadbirkorlar mablağlari va xalqaro moliya institutlari hisobidan moliyalaştiriş taklif etilmoqda. Uşbu işlarni muvofiqlaştiriş Transport vazirligi va “Toşşaxartransxizmat” AJ tomonidan amalga oşiriladi.

Hujjatda avvalgi davrlardagi transport vositalari yetkazib beriş körsatkiçlari ham keltirilgan. 2023–2025 yillarda hududlardagi jamoat transporti uçun 2 005 ta avtobus, 646 ta elektrobus va mikroavtobus xarid qilingan. 2026 yilning birinçi yarmida esa qöşimça ravişda 345 ta avtobus, 65 ta elektrobus va 231 ta mikroavtobus sotib olingan.

Transport importi uçun imtiyozlar

Loyihada ekologik “Yevro-5” standarti yoki undan yuqori talablarga javob beradigan M3 toifasidagi III sinf yangi avtobuslar va elektrobuslarni import qilişda utilizatsiya yiğimining nol stavkasini joriy etiş nazarda tutilgan. Uşbu imtiyozni 2027 yil 31 dekabrga qadar import qilingan transport vositalariga nisbatan qöllaş taklif etilmoqda.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.