7
Iqtisod

Oʻzbekiston va Traxys muhim minerallarni qayta ishlash loyihalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Traxys muhim minerallarni qayta ishlash loyihalarini muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Traxys muhim minerallarni qayta ishlash loyihalarini muhokama qilishdi / Foto: Oʻzbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Traxys” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Mark Kristoffni qabul qildi.

Suhbat davomida oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Oʻtgan bir yil davomida “Traxys” kompaniyasi bilan hamkorlik yangi bosqichga koʻtarilgani, jumladan, bitimlar imzolanib, Toshkent shahrida kompaniyaning Markaziy Osiyodagi ilk mintaqaviy ofisi ochilgani taʼkidlandi.

Amerika texnologiyalari asosida muhim minerallar, xomashyoni chuqur qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatga ega sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

“Traxys” kompaniyasi muhim xomashyo va minerallarni yetkazib berish boʻyicha jahonning yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniya dunyoning 20 dan ortiq mamlakatida faoliyat yuritib, metallar va minerallarni xarid qilish, logistikasini tashkil etish, moliyalashtirish hamda sotish bilan shugʻullanadi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.