Iqtisod

Özbekiston va Qirğiziston farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Özbekiston va Qirğiziston farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda
Özbekiston va Qirğiziston farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda / Foto: Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi» davlat muassasasi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Qirğiziston özbek farmatsevtika mahsulotlarini Qirğiziston bozoriga yetkazib beriş hajmini oşiriş masalasini muhokama qildi. Bu haqda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi xabar berdi.

Qirğiziston soğliqni saqlaş vaziri Damirbek Osmonov boşçiligidagi delegatsiya Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga taşrif buyurdi. Delegatsiya tarkibidan vazirlik va unga qaraşli tibbiyot muassasalari vakillari ham örin oldi.

Mehmonlarga markaz faoliyati, farmatsevtika sohasini tartibga soliş tizimi va amalga oşirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi. Şuningdek, delegatsiya xalqaro standartlarni joriy etiş böyiça olib borilayotgan işlar bilan tanişdi.

Mahalliy farmatsevtika korxonalari vakillari iştirokida alohida muzokaralar ham ötkazildi. Tomonlar Özbekistonda işlab çiqarilgan mahsulotlar eksportini Qirğizistonga oşiriş imkoniyatlarini körib çiqdi.

Uçraşuv iştirokçilari eksport yetkazib beriş jarayonida yuzaga kelişi mumkin bölgan ma’muriy va sun’iy tösiqlarni aniqlaş hamda bartaraf etiş masalalarini muhokama qildi. Şuningdek, tadbirkorlar uçun qulay şaroitlar yaratiş yuzasidan fikr almaşildi.

Taşrif yakunida delegatsiya markazning zamonaviy sinov laboratoriyalarini közdan keçirdi. Mehmonlarga laboratoriyalarning texnik imkoniyatlari, farmatsevtika mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlaş böyiça amalga oşirilayotgan işlar taqdim etildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.