Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Turkiyada soğliqni saqlaş tizimini raqamlaştiriş va tibbiyotda sun’iy intellektdan foydalaniş böyiça öz tajribasini taqdim etdi. Bu haqda Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Antaliya şahrida bölib ötayotgan HIMSS + Eurasia HealthTeç 2026 xalqaro konferensiyasida Özbekiston soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Jaloliddin Asomutdinov ma’ruza qildi. Tadbirda turli mamlakatlarning davlat organlari, xalqaro taşkilotlar, tibbiyot muassasalari va texnologik kompaniyalari vakillari iştirok etmoqda.
Asomutdinov Özbekistonda yagona raqamli soğliqni saqlaş tizimini şakllantiriş va tibbiyot muassasalari örtasida axborot almaşinuvini yölga qöyiş haqida sözlab berdi. Şuningdek, kasalliklarni taşxislaş jarayoniga sun’iy intellektni joriy etiş böyiça amalga oşirilayotgan işlar bilan taniştirdi.
Vazirlik tomonidan UZINFOCOM bilan hamkorlikda işlab çiqilgan DMED platformasiga alohida e’tibor qaratildi.
Uşbu tizim şifokor qabuliga yoziliş, tahlil natijalarini elektron tibbiy kartada saqlaş, elektron retseptlar va yöllanmalar rasmiylaştiriş imkonini beradi.
Konferensiya doirasida “aqlli” şifoxonalarni rivojlantiriş, tibbiy ma’lumotlarni xavfsiz almaşiş, radiologiya va laboratoriya diagnostikasida sun’iy intellektdan foydalaniş masalalari ham muhokama qilinmoqda. Tibbiy ma’lumotlarni boşqarişga bağişlangan alohida panel muhokamasi dasturiga Özbekiston tajribasi ham kiritilgan.
Konferensiyaning ikkinçi kunida Asomutdinov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Turkiya soğliqni saqlaş vaziri örinbosari, kongress raisi Şuayip Birinçi bilan uçraşdi.
Tomonlar 2027 yilda Özbekistonda raqamli soğliqni saqlaşga bağişlangan xalqaro tadbir ötkaziş böyiça dastlabki kelişuvga erişdi. Şuningdek, hamkorlik böyiça qöşma «yöl xaritasi»ni tayyorlaş masalasi muhokama qilindi.