Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Singapurning Indorama Corporation kompaniyasi va Farğona viloyati hokimligi sanoat hamda kadrlar tayyorlaş sohalaridagi hamkorlikni davom ettirişga kelişib oldi. Bu haqda Farğona viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Indorama Corporation kuzatuv kengaşi raisi va guruhning Yevropa böyiça direktori Prakaş Kejrival bilan uçraşuv ötkazdi.
Tomonlar avvalgi muzokaralarda ilgari surilgan takliflarni amalga oşiriş, şuningdek, hamkorlikni yana-da kengaytiriş masalalarini muhokama qildi.
«Farğonaazot — Indorama» korxonasini rivojlantirişga alohida e’tibor qaratildi. Uşbu korxona negizida 14 ta yönaliş böyiça ta’lim beruvçi öquv markazi faoliyat yuritmoqda. Uçraşuv iştirokçilari malakali mutaxassislar tayyorlaş maqsadida dual ta’lim tizimini kengaytiriş imkoniyatlarini ham körib çiqdi.
Muzokaralar kun tartibidan korxonani modernizatsiya qiliş, işlab çiqariş quvvatlarini oşiriş va eksport hajmini köpaytiriş masalalari ham örin oldi. Bundan taşqari, işlab çiqarişning atrof-muhitga ta’sirini kamaytiriş uçun zamonaviy ekologik texnologiyalarni joriy etiş muhokama qilindi.
Uçraşuv iştirokçilari istiqbolli loyihalar böyiça takliflar almaşdi. Muzokaralar yakunida hamkorlikni davom ettirişga kelişib olindi. Yangi loyihalarning aniq parametrlari va ularni amalga oşiriş muddatlari haqida ma’lumot berilmagan.
Indorama Corporation töqimaçilik va kimyo sanoatida faoliyat yuritadi, şuningdek, mineral öğitlar işlab çiqaradi. Viloyat hokimligi ma’lumotlariga köra, xolding 40 dan ortiq mamlakatda faoliyat olib boradi va Özbekistonning yirik investorlari qatoriga kiradi.
2011 yilda Qöqon şahrida töqimaçilik mahsulotlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan Indorama Kokand Textile korxonasi işga tuşirilgan. 2019 yilda esa sobiq Qöqon superfosfat zavodi negizida Indorama Kokand Fertilizers and Çemicals kompaniyasi öz faoliyatini boşlagan.