Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Andijon viloyati delegatsiyasi va xitoylik tadbirkorlar umumiy qiymati 513 mln dollar bölgan töqqizta investitsiya loyihasini amalga oşiriş böyiça kelişuvga erişdi.
Tegişli özaro anglaşuv memorandumlari Xitoyning Szyansi provinsiyasida ötkazilgan xalqaro biznes-forum doirasida imzolandi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi xabar berdi.
Kelişilgan taşabbuslar qatorida Andijon viloyatida «Andijon Çayna-Siti» majmuasi va energetika sanoat parkini taşkil etiş loyihalari bor.
Bundan taşqari, tomonlar Bobur şahrida savdo-maişiy majmua quriş hamda Yangi Toşkentda köçmas mulk loyihalarini rivojlantirişni rejalaştirmoqda.
Hokimlik ma’lumotiga köra, imzolangan hujjatlar yangi qöşma korxonalarni işga tuşiriş, işlab çiqarişga zamonaviy texnologiyalarni jalb etiş va hududning eksport imkoniyatlarini kengaytirişni nazarda tutadi.
Şuningdek, loyihalar yangi iş örinlarini yaratiş va aholi bandligini ta’minlaşga qaratilgan.