7
Iqtisod

Özbekiston Çaanakya Capital bilan tibbiyot texnologiyalari sohasida hamkorlikni muhokama qildi

Özbekiston Çaanakya Capital bilan tibbiyot texnologiyalari sohasida hamkorlikni muhokama qildi
Özbekiston Çaanakya Capital bilan tibbiyot texnologiyalari sohasida hamkorlikni muhokama qildi / Foto: Tibbiyot va farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Çaanakya Capital investitsiya kompaniyasi bilan tibbiyot texnologiyalari va farmatsevtika sohalarida hamkorlik qiliş imkoniyatlarini körib çiqmoqda.

Bu masala 2026 yil 26 noyabr kuni Tibbiyot va farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi direktori Abdulla Azizovning kompaniya vakillari bilan uçraşuvida muhokama qilindi.

Uçraşuvda Çaanakya Capital asosçisi va boşqaruvçi direktori Varun Turlapati (Varun Turlapati), şuningdek, kompaniyaning ilmiy-texnik maslahatçisi, neyrotexnologiyalar va tibbiyot innovatsiyalari sohasi eksperti doktor Joxana Karolina M. Vega Leonel (Johana Carolina M. Vega Leonel) iştirok etdi.

Tomonlar neyrotexnologiyalar, neyroxirurgiya, tibbiy buyumlar işlab çiqariş va biofarmatsevtika sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Nevrologik kasalliklarni erta taşxislaş texnologiyalari, robotlaştirilgan jarrohlik, zamonaviy tibbiy qurilmalarni işlab çiqiş hamda soğliqni saqlaş tizimiga innovatsion yeçimlarni joriy etiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Şuningdek, uçraşuv iştirokçilari qöşma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oşiriş, tibbiyot texnologiyalari sohasidagi startaplarni qöllab-quvvatlaş, inkubatsiya dasturlarini taşkil etiş va mahalliy mutaxassislar uçun ta’lim taşabbuslarini rivojlantiriş imkoniyatlarini körib çiqdi.

Muzokaralar yakunida tomonlar taqdim etilgan texnologiyalarni yana-da çuqur örganiş, hamkorlikka ixtisoslaşgan ilmiy va tibbiyot muassasalarini jalb etiş hamda qöşma loyihalar uçun istiqbolli yönalişlarni belgilaş yuzasidan fikr almaşdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.