Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Janubiy Koreya yaqin yillarda özaro tovar ayirboşlaş hajmini 5 milliard dollarga yetkazişni maqsad qilgan. Bu masala 26 noyabr kuni Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratovning Janubiy Koreya elçisi Von Do Yon bilan uçraşuvida muhokama qilindi.
Tomonlar sentyabr oyida oliy darajadagi taşrif davomida erişilgan kelişuvlarning amalga oşiriliş jarayonini, şuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş istiqbollarini körib çiqdi.
Joriy yilning ön oyida ikki mamlakat örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi ötgan yilning mos davriga nisbatan 7,4 foizga oşib, 1,6 milliard dollarga yetdi.
Muzokaralardagi asosiy mavzulardan biri erkin savdo töğrisidagi bitimning asosiy qoidalarini kelişiş jarayonini yakunlaş böldi. Şuningdek, tomonlar Özbekistonda Koreya kompaniyalari uçun ixtisoslaştirilgan sanoat zonasini taşkil etiş böyiça keyingi qadamlarni belgilab oldi.
Bundan taşqari, uçraşuv iştirokçilari muhim minerallar, sun’iy intellekt va maşinasozlik sohalaridagi istiqbolli loyihalarni körib çiqdi.
Muzokaralar yakunida muhim minerallar sohasida qöşma loyihalar portfelini şakllantiriş böyiça kelişuvga erişildi.
2027 yilning birinçi çoragida Özbekiston va Janubiy Koreya Hukumatlararo qömitasining 13-yiğilişi, şuningdek, mineral resurslarni qazib oliş va qayta işlaş sohasida faoliyat yurituvçi kompaniyalar iştirokida davra suhbati ötkazilişi rejalaştirilgan.