Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent viloyati delegatsiyasi AQŞning Oppenheimer investitsiya banki rahbariyati va mutaxassislari bilan xalqaro kapital bozorlarida moliyalaştiriş mablağlarini jalb etiş imkoniyatlarini muhokama qildi.
Uçraşuv Toşkent viloyati hokimining birinçi örinbosari Otabek Tursunov boşçiligidagi delegatsiyaning AQŞga amaliy taşrifi doirasida bölib ötdi.
Tomonlar viloyatning xalqaro kredit reytingini oliş, xorijiy bozorlardan moliyaviy resurslarni jalb qiliş, jumladan, obligatsiyalar çiqariş orqali mablağ jalb etiş, şuningdek, viloyatning investitsiya salohiyatini xalqaro investorlarga taqdim etiş masalalarini körib çiqdi.
Xalqaro kredit reytingini oliş potensial investorlarga hududning moliyaviy işonçliligini baholaş imkonini beradi.
Bu infratuzilma, sanoat va ijtimoiy loyihalarni amalga oşiriş uçun xalqaro moliya bozorlaridan mablağ jalb qiliş imkoniyatlarini kengaytirişi mumkin.
Uçraşuv yakunida tomonlar hamkorlikni davom ettiriş va istiqbolli hamkorlik yönalişlarini kelişib olişga kelişib oldi.