Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Qişloq xöjaligi vazirligi Janubiy Koreyaning KRC kompaniyasi vakillari bilan çorvaçilik sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş masalalarini muhokama qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Uçraşuvda qişloq xöjaligi vazirining maslahatçisi Nuriddin Qöşnazarov boşçiligidagi vazirlik vakillari iştirok etdi.
Tomonlar Özbekistonda zamonaviy çorvaçilik majmualarini loyihalaştiriş va quriş, ularning infratuzilmasini rivojlantiriş hamda ilğor texnologiyalarni joriy etiş masalalarini körib çiqdi.
Xususan, çorvaçilik obyektlarida zamonaviy sensor qurilmalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, avtomatlaştirilgan boşqaruv tizimlari va ixtisoslaştirilgan uskunalardan foydalaniş masalalari muhokama qilindi.
Uçraşuv iştirokçilari, şuningdek, KRC kompaniyasining texnik salohiyati va Janubiy Koreya tajribasidan foydalangan holda çorvaçilik majmualarini taşkil etiş imkoniyatlari yuzasidan fikr almaşdi. Bundan taşqari, amaldagi xöjaliklarni modernizatsiya qiliş va istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oşiriş masalalari körib çiqildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar hamkorlikning ustuvor yönalişlarini belgilaş, aniq loyiha takliflarini tayyorlaş va ularni amalga oşiriş böyiça amaliy işlarni davom ettirişga kelişib oldi.