7
Iqtisod

Özbekistonda Xitoy avtomobillari uluşi 18,4 foizga yetdi

Özbekistonda Xitoy avtomobillari uluşi 18,4 foizga yetdi
Özbekistonda Xitoy avtomobillari uluşi 18,4 foizga yetdi / Foto: Özbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil yanvar–oktyabr oylarida Xitoy avtomobil brendlarining Özbekiston bozoridagi uluşi 18,4 foizga yetdi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 6,8 foiz punktga köp. Bu haqda Özbekiston Avtomobil biznesi assotsiatsiyasi xabar berdi.

Oktyabr oyida mamlakatda 36 176 ta yangi avtomobil sotildi. Bu ötgan yilning şu oyiga nisbatan qariyb 12 foizga kam, biroq sentyabr oyidagi körsatkiçdan 6,3 foizga köpdir.

2026 yilning dastlabki ön oyida yangi avtomobillar savdosi 318 949 donani taşkil etdi. 2025 yilning mos davriga nisbatan bu körsatkiç 22 257 taga yoki 6,5 foizga kamaygan.

Bozordagi umumiy qisqarişga qaramay, yanvar–oktyabr oylarida Xitoy avtomobil brendlari savdosi 48,2 foizga oşdi.

Ön oy yakunlariga köra, Çevrolet 74 foizlik uluş bilan bozordagi yetakçilikni saqlab qoldi. Biroq uning uluşi ötgan yilning mos davriga nisbatan 7,8 foiz punktga kamaydi.

Ikkinçi örinni 12,3 foizlik uluş bilan ADM Global egalladi. Kompaniya uluşi 1,5 foiz punktga oşgan. Uçinçi örinda esa 10,7 foiz körsatkiç bilan BYD qayd etildi. Bu ötgan yilgi darajadan 5,1 foiz punktga yuqori.

Oktyabr oyida sentyabrga nisbatan Soueast avtomobillari savdosi 75,3 foizga, Geely — 29,8 foizga, Çevrolet — 13,4 foizga, Çery esa 9,1 foizga oşdi.

Eng sezilarli pasayiş Deepal avtomobillarida kuzatilib, savdo 62,7 foizga kamaydi. Şuningdek, Çangan savdosi 61,3 foizga, Li Xiang — 51,4 foizga, Haval esa 47,1 foizga qisqardi.

Alohida modellar orasida sotuvlar soni böyiça eng katta ösiş Çevrolet Cobalt hissasiga töğri keldi — 2 175 ta avtomobil. Keyingi örinlarda Çevrolet Damas — 1 843 ta, BYD Song Plus DM-i Çampion — 496 ta, BYD Yuan Up DM-i — 246 ta va Soueast S08 DM — 195 ta avtomobil bilan qayd etildi.

Ayni paytda BYD Çazor Çampion savdosi 820 taga, Kia Sonet — 506 taga, Çevrolet Tracker — 456 taga, Haval Jolion — 325 taga va Çevrolet Labo — 268 taga kamaydi.

Hududlar kesimida ön oy davomida eng köp yangi avtomobil Toşkent şahrida sotildi — 92 567 ta. Keyingi örinlarni 25 899 ta avtomobil bilan Samarqand viloyati va 25 132 ta avtomobil bilan Farğona viloyati egalladi.

Eng kam savdo hajmi Qoraqalpoğiston Respublikasida — 9 384 ta, Sirdaryo viloyatida esa 4 952 ta avtomobilni taşkil etdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.