Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonning Farğona viloyati 2026 yilda Şveysariya bilan hamkorlikdagi qöşma loyihalar doirasida 35 mln dollarlik investitsiyalarni özlaştirdi.
Tomonlar örtasidagi özaro savdo hajmi 2,1 mln dollarni taşkil etdi. Iqtisodiy hamkorlikni yana-da kengaytiriş istiqbollari viloyat hokimi Xayrullo Bozorov va Şveysariyaning Özbekistondagi elçisi Simon Giger örtasida muhokama qilindi.
Uçraşuv davomida tomonlar yangi investitsiya loyihalarini amalga oşiriş, savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaş va Şveysariya biznesining viloyatdagi iştirokini kengaytiriş imkoniyatlarini körib çiqdilar.
Qişloq xöjaligi, meva-sabzavot mahsulotlari eksporti, farmatsevtika va sanoat, jumladan, töqimaçilik sohalaridagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. Şuningdek, malakali mutaxassislar tayyorlaş va mintaqalararo aloqalarni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.
Simon Giger Farğona viloyatining tabiiy manzaralari, hunarmandçilik an’analari, madaniy hayoti va iqtisodiy salohiyati unda katta taassurot qoldirganini ta’kidladi.
Muzokaralar davomida Fitç Ratings va S&P Global Ratings xalqaro reyting agentliklari tomonidan viloyatga berilgan reyting baholarining ahamiyati ham qayd etildi.
Uçraşuv iştirokçilarining fikriça, bunday reyting baholari viloyatning investitsiyaviy jozibadorligini oşiriş va xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qiladi.
Ayni paytda Farğona viloyatida Şveysariya kapitali iştirokidagi oltita korxona faoliyat yuritmoqda.
Uçraşuv yakunida tomonlar özaro manfaatli hamkorlikni yangi yönalişlarda rivojlantiriş va muntazam muloqotni davom ettirişga kelişib oldilar.