Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Xalqaro mehnat taşkiloti (XMT) töqimaçilik sohasida Better Work dasturini 2027–2029 yillarda ham davom ettirişni rejalaştirmoqda. Kelgusi hamkorlik masalalari va dasturning joriy bosqiçi natijalari Özbekiston Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligida bölib ötgan uçraşuvda muhokama qilindi.
Uçraşuvda vazirning birinçi örinbosari Marat Jörayev hamda XMTning Jenevadagi boş qarorgohidan taşrif buyurgan Better Work dasturining katta mutaxassisi Minna Maaskola-Despre iştirok etdi.
2026 yilda dasturga 29 ta töqimaçilik korxonasi qöşildi. Ularning 21 tasi mamlakatning töqqizta hududida Yengil sanoatni rivojlantiriş agentligi bilan hamkorlikda taşkil etilgan taşriflar natijasida jalb qilindi.
Dastur doirasida mutaxassislar korxonalarga 57 marta maslahat taşrifini amalga oşirdi. Mehnat şaroitlari va mehnat standartlariga rioya etilişi 5,6 ming nafar xodim işlaydigan 11 ta korxonada baholandi.
Keyingi bosqiçda XMT va Özbekiston hukumati örtasida yangi memorandum imzolanişi rejalaştirilgan. Dastur taxminan 30 ta korxona bilan işlaşni davom ettiriş, mehnat unumdorligini oşiriş va mehnat standartlariga rioya etişning milliy tizimini şakllantirişni nazarda tutadi.
Alohida yönaliş sifatida belgilangan talablarga javob beradigan korxonalar bilan xalqaro brendlar örtasidagi aloqalarni rivojlantiriş belgilangan.