Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Gruziyaning Georgia Healthcare Group (GHG) kompaniyasi soğliqni saqlaş sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Muzokaralarda şifoxonalarni rivojlantiriş, tibbiyot muassasalarini boşqarişni takomillaştiriş va professional tajriba almaşiş masalalari körib çiqildi.
Onlayn uçraşuv Özbekiston Tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantiriş agentligi direktori Abdulla Azizov hamda GHG vakillari örtasida bölib ötdi.
Muzokaralarda kompaniya boş direktori Irakliy Gogiya, GHG vakili Timoti Elsigud hamda şifoxonalarni rivojlantiriş va loyihalarni boşqariş departamenti direktori Nino Sagareişvili iştirok etdi.
Gruziya taşkiloti vakillari mamlakatdagi tibbiyot muassasalari tarmoğini rivojlantiriş va boşqariş böyiça tajribalari bilan örtoqlaşdi. Tomonlar, şuningdek, şifoxonalar infratuzilmasini rivojlantiriş va tibbiyot taşkilotlarini boşqariş samaradorligini oşiriş sohalarida hamkorlik qiliş imkoniyatlarini körib çiqdi.
Uçraşuv yakunida iştirokçilar muloqotni davom ettiriş va özaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli yönalişlarini belgilaşga kelişib oldi.