Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Xitoyning Çina National Petroleum Corporation (CNPC) neft-gaz korporatsiyasi qöşma energetika loyihalarini amalga oşiriş, jumladan, yerosti gaz omborlarini rivojlantiriş va yangi konlarni özlaştiriş istiqbollarini muhokama qildi.
CNPC direktorlar kengaşi a’zosi va prezidenti Çjou Sinxuay bilan uçraşuv Özbekiston Vazirlar Mahkamasida bölib ötdi. Bu haqda Boş vazir örinbosari Jamşid Xöjayev ma’lum qildi.
Xöjayevning sözlariga köra, Çjou Sinxuay lavozimga tayinlanganidan keyin taşrif buyurgan ilk mamlakatlardan biri Özbekiston böldi.
Muzokaralar davomida tomonlar neft-gaz sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş imkoniyatlarini körib çiqdi. Asosiy yönalişlar qatorida yerosti gaz omborlarini rivojlantiriş, gaz taşiş tizimining işonçliligini oşiriş hamda yangi neft-gaz konlarini özlaştiriş masalalari bor. Yerosti gaz ombori loyihasini ilgari surişga alohida e’tibor qaratildi.
Jamşid Xöjayev CNPC kompaniyasining Özbekistondagi investitsiya iştirokini kengaytirişga bölgan qiziqişini olqişladi. Şuningdek, mamlakat yangi taşabbuslarni özaro manfaatli şartlar asosida körib çiqişga tayyorligini bildirdi.
CNPC Xitoyning eng yirik neft-gaz kompaniyasi bölib, Fortune Global 500 reytingidagi yetakçi kompaniyalar qatoriga kiradi.
Korporatsiya Özbekistonning neft-gaz sanoatini rivojlantirişdagi asosiy hamkorlaridan biri ham hisoblanadi.