Iqtisod

Özbekiston va Fransiya yangi investitsiya loyihalarini muhokama qildi

Özbekiston va Fransiya yangi investitsiya loyihalarini muhokama qildi
Özbekiston va Fransiya yangi investitsiya loyihalarini muhokama qildi / Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Fransiya investitsiyaviy hamda savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş istiqbollarini, jumladan, energetika, transport, suv ta’minoti va şahar infratuzilmasini rivojlantiriş sohalaridagi qöşma loyihalarni muhokama qildi. Bu haqda Özbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.

Muzokaralar 26 oktyabr kuni Özbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir örinbosari Ilzat Qosimov hamda Fransiya Yevropa va taşqi işlar vazirining şaharlarni barqaror rivojlantiriş va transport masalalari böyiça maxsus vakili Jerar Volf örtasida bölib ötdi.

Uçraşuvda Fransiyaning Alstom, SUEZ, Veolia, EDF, MND, Dassault Systèmes, IVECO va Wilmotte & Associés kompaniyalari vakillari iştirok etdi.

Tomonlar energetika, transport, suv ta’minoti, kommunal infratuzilma, raqamlaştiriş, turizm va şaharsozlik sohalarida qöşma taşabbuslarni amalga oşiriş imkoniyatlarini körib çiqdi.

Fransiya texnologiyalarini joriy etiş, şahar infratuzilmasini modernizatsiya qiliş va Özbekiston iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga investitsiyalar jalb etiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar hamkorlikni yana-da rivojlantiriş va qöşma taşabbuslarni amaliy jihatdan röyobga çiqarişdan özaro manfaatdor ekanini tasdiqladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.