7
Iqtisod

AQSH Markaziy Osiyodan Xitoy bilan aloqalarni cheklashni talab qilmaydi

AQSH Markaziy Osiyodan Xitoy bilan aloqalarni cheklashni talab qilmaydi
AQSH Markaziy Osiyodan Xitoy bilan aloqalarni cheklashni talab qilmaydi / Foto: videodan kadr.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — AQSH O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlaridan Vashington bilan munosabatlarni rivojlantirish evaziga Xitoy bilan hamkorlikni cheklashni talab qilmaydi.

Amerika kompaniyalari mintaqa bozorlarida raqobatlashish uchun teng imkoniyatlarga ega bo‘lishi kerak. Bu haqda AQSH davlat kotibi Marko Rubio 19 oktyabr kuni Samarqandga tashrifi chog‘ida maʼlum qildi.

Jurnalistning Xitoy taʼsiri kuchayib borayotgan bir sharoitda Vashington Markaziy Osiyo mamlakatlariga nimani taklif qilishi mumkinligi haqidagi savoliga javob berar ekan, Rubio AQSH mintaqa bilan hamkorlikni, avvalo, boshqa davlatlarga qarshi qarama-qarshilik emas, balki iqtisodiy raqobat sifatida ko‘rishini taʼkidladi.

«Gap bu yerga kelib, boshqa birov bilan gaplashishni yoki boshqa mamlakat bilan ishlashni to‘xtatishni talab qilish haqida emas. Gap mamlakatlar biznes uchun ochiq bo‘lgan bozorlarda Amerika kompaniyalari halol raqobatlashish imkoniyatiga ega bo‘lishi haqida ketmoqda», — dedi davlat kotibi.

Rubioning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston barcha mamlakatlar bilan munosabatlarni saqlab qolish va turli hamkorlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga intilmoqda. AQSH ham respublika bilan hamkorlikni chuqurlashtirishdan manfaatdor.

C5+1 forumi doirasida O‘zbekiston va AQSH savdo, investitsiyalar va texnologiyalar sohalarida umumiy qiymati 12 milliard dollarlik 54 ta kelishuvni imzoladi.

Kelishuvlar transport, energetika, tog‘-kon sanoati, moliya, raqamli texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va taʼlim sohalarini qamrab oladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.