7
O‘zbekiston

Saida Mirziyoyeva va Serjio Gor O‘zbekistondagi bozorga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva va Serjio Gor O‘zbekistondagi bozorga tashrif buyurdi
Saida Mirziyoyeva va Serjio Gor O‘zbekistondagi bozorga tashrif buyurdi / Foto: X/USAmbIndia.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva va AQSH Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor mahalliy bozorga tashrif buyurishdi. Bu haqda Gor ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berib, O‘zbekistonga yana tashrif buyurganidan xursand ekanini taʼkidladi.

«Do‘stim Saida Mirziyoyeva bilan mahalliy bozorni aylanish menga katta mamnuniyat bag‘ishladi», — deb yozdi Amerika vakili.

Avvalroq Serjio Gor O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va viloyat hokimi Botir Zaripov bilan birga tarixiy Buxoro shahriga qilgan safari haqida so‘zlab bergan edi. Shuningdek, u AQSHning ikki tomonlama munosabatlarni yana-da rivojlantirishdan manfaatdor ekanini taʼkidladi.

«Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston bilan hamkorlikni yuksak qadrlaydi va aloqalarimizni yana-da mustahkamlashga umid qilaman», — dedi Gor.

Amerika delegatsiyasining tashrifi doirasida AQSH Prezidentining maxsus vakili, shuningdek, Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga savdo-iqtisodiy missiyasida ishtirok etayotgan kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Ular orasida Traxys, Starlink va Air Products kompaniyalari bor.

Muzokaralarda muhim strategik minerallar, energetika sohasidagi o‘zaro bog‘liqlik va qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.