7
O‘zbekiston

Namanganda 5,2 mlrd so‘mlik dori vositalari musodara qilindi

Namanganda 5,2 mlrd so‘mlik dori vositalari musodara qilindi
Namanganda 5,2 mlrd so‘mlik dori vositalari musodara qilindi / Foto: Davlat xavfsizlik xizmati videosidan olingan tasvi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Namanganda sifat sertifikatlariga ega bo‘lmagan, mamlakatga noqonuniy olib kirilgan dori vositalari saqlangan beshta yashirin ombor aniqlandi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu dorilarning umumiy qiymati 5,2 mlrd so‘mni tashkil etadi. Tezkor tadbir davomida 287 nomdagi 46 865 dona dori vositasi musodara qilindi. Bu haqda o‘tkazilgan tadbir materiallarida maʼlum qilindi.

Operatsiya Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona boshqarmasi va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Aniqlangan maʼlumotlarga ko‘ra, Namangan shahrida yashovchi, 2002, 1997 va 1987 yillarda tug‘ilgan uch nafar shaxs oldindan til biriktirib, ko‘p miqdordagi dori vositalarini beshta turar joyda saqlashni tashkil etgan. Preparatlar keyinchalik sotish uchun mo‘ljallangan.

Musodara qilingan mahsulotlar orasida “Erinit”, “Gemaza” va “Fenotropil” preparatlari bor. Barcha dori vositalari xorijda ishlab chiqarilgan va O‘zbekistonga noqonuniy olib kirilgan.

Hozirda musodara qilingan preparatlarni tekshirish uchun sud-kimyoviy va sud-tovarshunoslik ekspertizalari tayinlangan.

Hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.