Shoshilinch
O‘zbekiston

O‘zbekiston va Iordaniya siyosiy maslahatlashuvlarning uchinchi raundini o‘tkazdi

O‘zbekiston va Iordaniya siyosiy maslahatlashuvlarning uchinchi raundini o‘tkazdi
O‘zbekiston va Iordaniya siyosiy maslahatlashuvlarning uchinchi raundini o‘tkazdi / Foto: Surat sun'iy intellekti tomonidan yaratilgan.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 7 oktyabr kuni O‘zbekiston va Iordaniya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida boshqarma rahbarlari darajasida siyosiy maslahatlashuvlarning uchinchi raundi bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida tomonlar siyosiy muloqotni yana-da mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

O‘zbekiston va Iordaniyaning xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Tomonlar, shuningdek, mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Bundan tashqari, maslahatlashuvlar ishtirokchilari turli darajalarda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan qo‘shma tadbirlarning jadvali va kun tartibini ko‘rib chiqdilar.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.