Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Qaşqadaryo viloyatida umumiy qiymati qariyb 50 million sömlik 144 ming dona pirotexnika buyumlarining noqonuniy muomalasiga çek qöyildi. Bu haqda viloyat Bojxona boşqarmasi xabar berdi.
Operatsiya Bojxona boşqarmasining kontrabandaga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari tomonidan viloyat Içki işlar boşqarmasi va Milliy gvardiya vakillari bilan hamkorlikda ötkazildi.
Qarşi şahrida yuk maşinasi — Mercedes avtomobildan yuk qabul qilayotgan Gentra avtomobili kuzatuvga olindi. Xodimlar yukni topşiriş jarayonida avtomobilni töxtatib, xolislar iştirokida har ikki transport vositasini közdan keçirdi.
Gentra avtomobili salonida pirotexnika mahsulotlari solingan ikkita karton quti aniqlandi. Mercedes avtomobilining yukxonasida esa yana uçta quti borligi ma’lum böldi.
Jami beşta qutida 144 ming dona pirotexnika buyumi bölgan. Ularning 86,4 ming donasi “Pitardes” nomli mahsulot, yana 57,6 ming donasi esa “Treniya” turidagi buyumlardan iborat.
Dastlabki hisob-kitoblarga köra, aniqlangan mahsulotlarning umumiy qiymati 50 million sömni taşkil etadi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tekşiruv olib borilmoqda.