Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — UzAuto Motors kompaniyasining 2026 yil yanvar–sentyabr oylaridagi sof foydasi 1,867 trln sömni taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 46,9 foizga kamaydi. Bu haqda kompaniyaning 31 oktyabr kuni korporativ axborot portalida e’lon qilingan moliyaviy hisobotida ma’lum qilingan.
2025 yilning dastlabki töqqiz oyida avtomobil işlab çiqaruvçi kompaniya 3,517 trln söm sof foyda olgan edi. Şu tariqa, körsatkiç 1,65 trln sömga kamaygan.
Kompaniyaning avtomobillar, ehtiyot qismlar va boşqa mahsulotlarni sotişdan tuşgan tuşumi 13,2 foizga — 34,71 trln sömdan 30,12 trln sömgaça pasaydi. Sotilgan mahsulotlar tannarxi esa 11,2 foizga, ya’ni 30,61 trln sömdan 27,17 trln sömgaça qisqardi.
Işlab çiqariş xarajatlari tuşumga nisbatan sekinroq kamaygani sababli UzAuto Motors‘ning yalpi foydasi 28,2 foizga — 4,1 trln sömdan 2,94 trln sömgaça tuşdi. Yalpi foydaning tuşumdagi uluşi bir yil avvalgi 11,8 foizga nisbatan 9,8 foizni taşkil etdi.
Operatsion foyda yana-da sezilarli darajada — 56,2 foizga, 2,96 trln sömdan 1,3 trln sömgaça kamaydi. Şu bilan birga, mahsulotlarni sotiş xarajatlari 14,3 foizga oşib, 2025 yilning dastlabki töqqiz oyidagi 1,02 trln sömga nisbatan 1,17 trln sömga yetdi.
Soliq tölangunga qadar foyda 47,4 foizga — 4,09 trln sömdan 2,15 trln sömgaça kamaydi.
Ijobiy valyuta kurslari farqidan olingan foyda 726,3 mlrd sömdan 173,9 mlrd sömgaça yoki 76 foizga qisqardi. Ayni vaqtda moliyaviy daromadlar 879,3 mlrd sömdan 1,2 trln sömgaça oşdi.
Kreditlar va moliyaviy ijaraga xizmat körsatiş xarajatlari 481,2 mlrd sömdan 525,1 mlrd sömgaça köpaydi.
2026 yil 30 sentyabr holatiga köra, UzAuto Motors zaxiralari 17,57 trln sömga baholangan. Yil boşida bu körsatkiç 11,7 trln sömni taşkil etgan edi. Töqqiz oy davomida zaxiralar qiymati 5,87 trln sömga yoki 50,2 foizga oşdi.
Qisqa muddatli savdo va boşqa kreditorlik qarzlari 3,07 trln sömdan 5,99 trln sömgaça köpaydi. Bu yil boşidagi körsatkiçdan 95,5 foizga yuqori.
Şu bilan bir vaqtda, pul mablağlari va ularning ekvivalentlari 1,33 trln sömdan 257,2 mlrd sömgaça yoki 80,6 foizga kamaydi.
Hisobot davrida kompaniya aktivlari 31,75 trln sömdan 35,31 trln sömga, majburiyatlari esa 16,2 trln sömdan 17,99 trln sömgaça oşdi. Öz kapitali 15,55 trln sömdan 17,32 trln sömga köpaydi.