Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Farğona viloyatining Beşariq tumanidagi Qörğonça mahallasi hokim yordamçisi mahalliy aholidan biridan iPhone 17 Pro Max olayotgan vaqtda uşlandi.
Bu haqda Özbekiston Boş prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Idora ma’lumotlariga köra, smartfon 150 mln söm miqdorida kredit olişga kömaklaşiş va’dasi evaziga berilgan. Buning uçun hokim yordamçisi bankdagi aloqalaridan foydalanişni rejalaştirgan.
Uni uşlaş böyiça tezkor tadbir departamentning tuman bölimi tomonidan boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda ötkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan.
Bundan bir kun avval Andijon viloyatida Paxtaobod tumani hokimining örinbosari va kadastr xizmati xodimi uşlangan edi.
Ular vositaçi orqali 30 ming dollar olişda gumonlanmoqda.
Davlat xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga köra, ular tadbirkorga maydoni 50 sotix bölgan yer uçastkasini onlayn-auksionda arzonlaştirilgan narxda yutib olişini ta’minlab berişni va’da qilgan.