Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida Turkiy davlatlar taşkilotiga a’zo mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari va ularning rafiqalari bilan birgalikda TDTning Anqara sammiti doirasidagi madaniy dasturda iştirok etdi.
Yetakçilar Anqara şahridagi “Beştepa” majmuasida Turkiy davlatlar sivilizatsiyasi boğini oçib berdilar.
Boğda taşkil etilgan turkiy davlatlarning pavilonlarida an’anaviy ötovlar va xalq amaliy san’ati namunalari namoyiş etilmoqda. Ular turkiy xalqlarning boy tarixiy-madaniy va me’moriy merosi, ilm-fan va ma’rifat sohasidagi yutuqlari, öziga xos an’analari hamda hozirgi davrdagi taraqqiyotini aks ettiradi.
Davlat rahbarlari turkiy xalqlarning yozma yodgorligi hisoblangan qadimgi Örxun bitiklarining nusxasi bilan tanişdilar. Şu yerning özida milliy öyinlar, kamonçilar va tarixiy liboslardagi jangçilarning çiqişlari bölib ötdi. Şundan söng davlat rahbarlari eman köçatlarini ekdilar.
Bunday taşabbuslar tarixiy xotira va madaniy merosni asrab-avaylaş, avlodlar örtasida uzviylikni ta’minlaş hamda ma’naviy qadriyatlari va an’analari muştarak bölgan xalqlar örtasidagi birodarlik aloqalarini yanada mustahkamlaşda muhim örin tutişi ta’kidlandi.
Şundan söng yetakçilar “Malazgirt” markaziga taşrif buyurdilar. Uning nomi turkiy xalqlar tarixida muhim ahamiyat kasb etgan 1071-yil 26-avgustdagi Malazgirt jangiga işoradir.
Oliy martabali mehmonlarga çavandozlar, akrobatlar va kaskadyorlar, şuningdek, taşkilotga a’zo mamlakatlardan keltirilgan otlar iştirokida epik tomoşa namoyiş etildi.