Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — “UzCard” tölov tizimi operatori — «Yagona umumrespublika protsessing markazi» AJning 2026 yilning töqqiz oyidagi sof foydasi 1,6 trln sömni taşkil etdi.
Bu 2025 yilning şu davriga nisbatan 73 foizga köp. Körsatkiç MHXS böyiça tuzilgan auditdan ötmagan moliyaviy hisobot asosida keltirilgan.
Kompaniyaning yillik tuşumi 36,5 foizga ösib, 2,1 trln sömga yetdi. Operatsion foyda esa 41,5 foizga oşib, 1,4 trln sömni taşkil qildi.
“UzCard” aktivlari 37 foizga köpayib, 1,4 trln sömga yetdi. Kompaniya kapitali esa 42,2 foizga ösib, 1,1 trln sömni taşkil etdi.
Foyda ösişining asosiy omillaridan biri 258,8 mlrd söm miqdoridagi kutilayotgan kredit zararlarining tiklanişi böldi. 2025 yilning töqqiz oyida kompaniya uşbu modda böyiça 100,1 mlrd söm zararni aks ettirgan edi.