Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonning TEXNOPARK korxonasi Litvaga liftlar yetkazib beriş böyiça şartnoma tuzdi.
Litva Estoniyadan keyin kompaniya eksport geografiyasidagi ikkinçi Yevropa bozoriga aylandi.
Litvaning UAB Baltic Lift Service kompaniyasi bilan erişilgan kelişuvga muvofiq, lift uskunalari Vilnyus şahridagi 17 qavatli biznes-markazga örnatiladi. Yetkazib beriş dekabr oyining oxiriga rejalaştirilgan.
Loyiha doirasida yuk kötariş quvvati 1 000 kg va harakatlaniş tezligi sekundiga 1,6 metr bölgan liftlar yetkazib beriladi. Uskunalar CE sertifikatiga ega bölib, lift şaxtasi maydonidan yana-da samarali foydalaniş imkonini beruvçi yonğinga çidamli teleskopik eşiklar bilan jihozlanadi.
Avvalroq TEXNOPARK Tallin şahriga şişa şaxtali panoramali liftlar, şuningdek, zarur metall konstruksiyalarni yetkazib beriş böyiça ham şartnoma tuzgan edi.
Litva bozoriga çiqiş korxonaning Yevropa mamlakatlariga yetkazib beriş geografiyasini kengaytiradi va xalqaro lift uskunalari bozoridagi mavqeini mustahkamlaydi.