Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonning Amerika kompaniyalari bilan umumiy qiymati 12 milliard dollarlik kelişuvlari bank xizmatlari, tölov tizimlari, fond bozori, sun’iy yöldoş aloqasi, soğliqni saqlaş va qişloq xöjaligi sohalarini qamrab oladi. Bu haqda Özbekiston 24 telekanali xabar berdi.
Amerikaning Column Bank banki bilan tuzilgan kelişuvga muvofiq, Özbekiston fuqarolari AQŞ banklarida hisobvaraqlar oçiş imkoniyatiga ega böladi.
Visa kompaniyasi bilan kelişuv milliy tölov sviçini yaratiş va uni VisaNet global tarmoğiga ulaşni nazarda tutadi.
Mastercard sun’iy intellekt asosidagi raqamli hamyonlar va moliyaviy xizmatlarni rivojlantiriş bilan şuğullanadi. Kutilişiça, bu telefon orqali tölovlarni amalga oşirişni yana-da qulay va xavfsiz qiladi.
Nasdaq kompaniyasi bilan “Toşkent” Respublika fond birjasini modernizatsiya qiliş hamda yirik davlat korxonalarini IPO jarayoniga tayyorlaş böyiça kelişuvga erişildi. Bu kelgusida fuqarolarga yirik kompaniyalarning aksiyalarini sotib oliş va ularning daromadidan uluş oliş imkonini berişi mumkin.
Amazon LEO kompaniyasi mamlakat böylab past Yer orbitasidagi sun’iy yöldoşlar orqali yuqori tezlikdagi internet xizmatini taqdim etişni rejalaştirmoqda. Viasat kompaniyasi esa «Özbekiston havo yöllari» tomonidan xarid qilinayotgan yangi samolyotlarga yuqori tezlikdagi Wi-Fi örnatiş imkoniyatlarini örganadi.
Kelişuvlarning bir neçtasi soğliqni saqlaş sohasiga taalluqli. AQŞning Xalqaro taraqqiyotni moliyalaştiriş korporatsiyasi (DFC) Farğonada zamonaviy köp tarmoqli şifoxona qurilişini moliyalaştiradi. Accuray kompaniyasi Samarqandda onkologiya va nur terapiyasi sohasidagi eng yangi texnologiyalarni joriy etadi.
Xabar mualliflarining baholaşiça, bu oğir taşxis qöyilgan bemorlarning davolaniş uçun poytaxtga yoki xorijga boriş zaruratini kamaytiradi. GE HealthCare kompaniyasi hududlardagi kardiologiya va nevrologiya markazlarini yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlaydi.
Qişloq xöjaligi sohasida Valmont Industries kompaniyasi yomğirlatib suğoriş texnologiyalarini joriy etişni rejalaştirmoqda.
Şuningdek, 6th Grain kompaniyasi bilan hamkorlikda paxta va don ekinlari hosildorligini sun’iy yöldoşlar yordamida prognoz qiliş tizimi joriy etiladi.