Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Namangan viloyatining Pop tumanida qiymati 105 million dollar bölgan “A” toifasidagi logistika markaziga tamal toşi qöyildi.
Loyiha xalqaro «Ipak darvozasi» logistika markazi tomonidan Rossiya va Ummondan kelgan hamkorlar iştirokidagi xorijiy qöşma korxona bilan birgalikda amalga oşirilmoqda. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Markaz 35 gektar maydonda joylaşadi. Uning yillik ötkaziş quvvati 18 250 ta yuk avtomobilini taşkil etadi. Loyiha doirasida 300 ta yangi iş örni yaratiş rejalaştirilgan. Şuningdek, byudjetga har yili 100 milliard sömdan ortiq mablağ tuşişi kutilmoqda.
Obyektni 2027 yilning IV çoragida foydalanişga topşiriş rejalaştirilgan.
Tamal toşi qöyiş marosimida Namangan viloyati hokimi Şavkatjon Abdurazzaqov, xorijiy hamkorlar, keksa avlod vakillari, quruvçilar hamda jamoatçilik vakillari iştirok etdi. Viloyat hokimi bunday yirik loyihalarning hudud iqtisodiyotini rivojlantirişdagi örni haqida gapirdi.
Logistika markazi xalqaro standartlar asosida barpo etilmoqda.
Hokimlik ma’lumotlariga köra, markaz transport-logistika infratuzilmasini rivojlantiriş, hududning investitsiyaviy salohiyatini oşiriş, tadbirkorlik uçun şaroitlarni yaxşilaş va aholi bandligini ta’minlaşga xizmat qiladi.