Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 25 oktyabr kuni soat 17:00 da Toşkentdagi Amir Temur xiyobonida içki işlar organlari şaxsiy tarkibi, maxsus va zamonaviy texnika, xizmat avtomobillari hamda otliqlar bölinmasi namoyişi bölib ötadi.
Namoyiş dronlar kuzatuvi ostida ötkaziladi.
Tadbir Özbekiston içki işlar organlari taşkil etilganining 35 yilligi hamda 25 oktyabr kuni nişonlanadigan Içki işlar organlari xodimlari kuniga bağişlangan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Namoyiş vatanparvarlik va tinçlikni asraş ğoyalari asosida ötkaziladi. Taşkilotçilarning rejasiga köra, tadbir mamlakat içki işlar organlarining tarixi va bugungi qiyofasini aks ettirişi kerak.
Tadbirga poytaxt aholisi va mehmonlari taklif etilgan.