Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 23 oktyabr kuni Özbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligida Litvaning Synergetica Educational Group kompaniyasi delegatsiyasi bilan uçraşuv bölib ötdi.
Delegatsiyaga kompaniya asosçisi va boşqaruv kengaşi raisi Gabiya Skuçayte boşçilik qildi.
Tomonlar Özbekistonda ta’lim sohasidagi investitsiya loyihalarini amalga oşiriş, yangi ta’lim muassasalarini taşkil etiş va zarur infratuzilmani rivojlantiriş masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Özbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Uçraşuv iştirokçilari loyihalarni moliyalaştiriş modellari, davlat va xususiy hamkorlar örtasidagi majburiyatlarni taqsimlaş, şuningdek, moliyaviy va operatsion risklarni taqsimlaş masalalarini körib çiqdi.
Bundan taşqari, xorijiy investorlarni qöllab-quvvatlaş böyiça amaldagi çora-tadbirlar va loyihalarni amalga oşiriş bilan boğliq tartib-taomillar muhokama qilindi.
Tomonlar istiqbolli taşabbuslar uçun mahalliy hamkorlar va investitsiya maydonlarini tanlaş böyiça fikr almaşdi.
Şuningdek, manfaatdor taşkilotlar bilan hamkorlikni yölga qöyiş va loyihalarni tayyorlaşning keyingi bosqiçlari muhokama qilindi.
Synergetica Educational Group — Litvada faoliyat yurituvçi ta’lim guruhi. Uning tarkibiga SMK College of Applied Sciences, KSU International University va Vilnius Business College kiradi.
2026 yil sentyabr holatiga köra, guruh tarkibidagi ta’lim muassasalarida 7 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda. Guruh 60 dan ortiq ta’lim dasturini amalga oşiradi, unda 500 nafardan ziyod öqituvçi va ma’muriy xodim faoliyat yuritadi.
Uçraşuv yakunida tomonlar hamkorlikning ustuvor yönalişlarini aniqlaştiriş va loyihalarni amalga oşiriş uçun zarur ma’lumotlarni tayyorlaş masalalarini körib çiqdi. Şuningdek, manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikni davom ettirişga kelişib oldi.