7
Iqtisod

WB Taxi Andijonda o‘z xizmatini yo‘lga qo‘ydi

WB Taxi Andijonda o‘z xizmatini yo‘lga qo‘ydi
WB Taxi Andijonda o‘z xizmatini yo‘lga qo‘ydi / Foto: WB Taxi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Wildberries & Russ birlashgan kompaniyasiga tegishli WB Taxi taksi buyurtma qilish servisi Andijonda ish boshladi. Endi shahar aholisi Google Play va App Store platformalarida mavjud mobil ilova orqali safarlarga buyurtma berishi mumkin.

Foydalanuvchilarga “Standart”, “Komfort” va “Multi” tariflari taklif etilmoqda. Oxirgi tarif bir vaqtning o‘zida bir nechta toifadagi avtomobillarni qidirish imkonini beradi. Servisning maqsadi — avtomobil yetib kelish vaqtini qisqartirish.

WB Taxi‘da bonus dasturi ham amal qiladi. Ilova orqali bank kartasi bilan safarlar uchun to‘lov qilgan foydalanuvchilarga ballar hisoblanadi. Keyinchalik ushbu ballardan karta orqali amalga oshiriladigan navbatdagi safarlar haqini to‘lashda foydalanish mumkin.

WB Taxi‘ning O‘zbekistondagi rahbari Timur Aliyevning maʼlum qilishicha, servis haydovchilarga hamkorlikning shaffof shartlarini, hamkorlar uchun agregatorning pasaytirilgan komissiyasini va muntazam to‘lovlarni taklif qiladi. Bundan tashqari, haydovchilar platforma bilan ishlash shartlarini bajarish orqali qo‘shimcha daromad olishlari mumkin.

Andijonda ish boshlashidan oldin WB Taxi Toshkent, Samarqand, Buxoro va Namangan shaharlarida faoliyat yuritgan.

O‘zbekistondan tashqarida servis Belarus (Minsk va Brest), Qirg‘iziston (Bishkek, O‘sh va Manas) hamda Armanistonda (Yerevan) ham ishlaydi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.