7
O‘zbekiston

Saida Mirziyoyeva va Marko Rubio Registonga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva va Marko Rubio Registonga tashrif buyurdi
Saida Mirziyoyeva va Marko Rubio Registonga tashrif buyurdi / Foto: Telegram/SShMirziyoyeva.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSH Davlat kotibi Marko Rubio bilan birgalikda Samarqanddagi Registon maydoniga tashrif buyurdi.

Jurnalistlar bilan suhbatda Rubio Samarqandning xalqaro savdo markazlaridan biri sifatidagi tarixiy ahamiyatini taʼkidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda ham shahar O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda.

AQSH Davlat kotibining O‘zbekistonga ilk tashrifi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tmoqda.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.