7
Iqtisod

AQSH va O‘zbekiston Mayamidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovni muhokama qilmoqda

AQSH va O‘zbekiston Mayamidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovni muhokama qilmoqda
AQSH va O‘zbekiston Mayamidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovni muhokama qilmoqda

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — AQSH va O‘zbekiston ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Ushbu yo‘nalish O‘zbekistonni Mayami shahri bilan bog‘lashi mumkin. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Marko Rubio O‘zbekistonga yetib kelganidan so‘ng jurnalistlarga maʼlum qildi.

Rubioning so‘zlariga ko‘ra, yangi aviayo‘nalishni muhokama qilish O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati va ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish istiqbollari bilan bog‘liq. U mamlakatga kelayotgan sayyohlar oqimining ko‘lami unda katta taassurot qoldirganini taʼkidladi.

Davlat kotibi, shuningdek, AQSHning ayrim boshqa shaharlaridan O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar allaqachon mavjudligini maʼlum qildi.

Mayamidan yangi aviaqatnovni yo‘lga qo‘yish ehtimoli AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish chog‘ida ko‘tarilgan masalalardan biri bo‘ldi. Reysni ochishning aniq muddatlari va unga xizmat ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan aviakompaniya nomi hozircha maʼlum qilinmadi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.