Shoshilinch
Iqtisod

O‘zbekiston va AQSH investitsiyaviy hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston va AQSH investitsiyaviy hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston va AQSH investitsiyaviy hamkorlikni muhokama qildi / Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va AQSH investitsiyaviy hamkorlikni yana-da rivojlantirish hamda iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni tayyorlash masalalarini muhokama qildi.

 

9 oktyabr kuni O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratovning AQSHning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Henik bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar yil oxiriga qadar rejalashtirilgan ikki tomonlama tadbirlar jadvalini ko‘rib chiqdi. Shuningdek, AQSHning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlarni tashkil etish va istiqbolli investitsiya tashabbuslarini ilgari surish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuvda tog‘-kon sanoati, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, moliya va axborot texnologiyalari sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini yana-da mustahkamlash muhimligini taʼkidladi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.